ERP osonlashtiradi: Asia Techno Group biznes jarayonlarini qanday qilib Bito ERP orqali avtomatlashtirgani haqida

Blog17-yan, 2026

Maqolaning qisqacha xulosasi (summary): Maqolada Bito ERP orqali amalda Asia Techni Group biznes jarayonlarini qanday avtomatlashtirgani va hisobotlarni qulaylashtirgani haqida ma'lumotlar keltirilgan. Asia Techni Group kompaniyasini menejeri Behzod aka bu haqida o'zlari aytib berganlar. Undan tashqari ERP orqali omborni qanday nazoratga olganlari haqida ham bilib olishingiz mumkin.

Bito ERP amalda: CASE STUDY

Bito ERP yordamida ishlab chiqarish va savdoni to‘liq nazoratga olgan kompaniya Kompaniya: Asia Techno Group Uzbekistan Sohasi: Qurilish materiallari ishlab chiqarish uskunalari savdosi Yechim: Bito -barqaror ERP tizimi

Kompaniya haqida qisqacha: Asia Techno Group 2007-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan, beton zavodlari, g‘isht, shlakablok, gazablok, plita va bruschatka ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan uskunalarni yetkazib beruvchi kompaniya. Kompaniya nafaqat uskuna sotadi, balki mahsulotlariga kafolat ham beradi.

Asosiy mahsulotlar:

  • Beton aralashtirgichlar
  • G‘isht ishlab chiqarish uskunalari
  • Gazablok ishlab chiqarish liniyalari
  • Yengil ko‘pikli beton devor panellari
  • Beton zavodlari uchun sanoat uskunalari

Muammo: o‘sib borayotgan biznes va boshqaruvdagi chalkashlik

Faoliyat kengaygani sari Asia Techno Group Uzbekistan bir qator muammolariga duch keldi:

  • Omborda qancha uskuna borligi aniq ko‘rinmasdi
  • Ombor kirim-chiqimlari qo‘lda yoki Excel orqali yuritilardi
  • Oylik maoshlar hisobida xatolar ko‘paygan
  • Umumiy sotuvlar va moliyaviy hisobotlar
  • Rahbariyat real vaqt rejimida biznes holatini ko‘rishda qiynalishi

Bu holatlar qaror qabul qilishni sekinlashtirib, ichki nazoratni susaytirayotgan edi.

bito barqaror ERP tizimi

Qaror: Bito ERP’ni joriy etish

Muammolarni tizimli hal qilish uchun kompaniya Bito ERP platformasini tanladi. Maqsad barcha jarayonlarni yagona tizimga jamlash va real vaqt nazoratini yo‘lga qo‘yish.

Yechim: Bito ERP orqali to‘liq avtomatlashtirish

1. Omborxona hisobi to‘liq raqamlashtirildi

  • Omborxonadagi har bir uskuna kirimi-chiqimi ERP orqali boshqariladigan bo'ldi.
  • Ombordagi qoldiq mahsulotlar bir zumda ko‘rinadigan bo‘ldi
  • Inson omiliga bog‘liq xatolar kamaydi

2. Sotuvlar va moliyaviy nazorat

  • Har bir sotuv avtomatik tarzda tizimga tushdi
  • Kunlik, oylik va umumiy sotuvlar bo‘yicha aniq hisobotlar shakllandi
  • Qaysi mahsulot ko‘proq foyda keltirayotgani aniq ko‘rina boshladi

3. Oylik maoshlar va xodimlar hisobi

  • Xodimlar bo‘yicha ma’lumotlar markazlashdi
  • Maosh hisoblash jarayoni tizimli va shaffof bo‘ldi
  • Hisob-kitobdagi xatolar bartaraf etildi

4. Rahbariyat uchun dashboard

  • Asosiy ko‘rsatkichlar bitta ekranda
  • Qarorlar fakt va raqamlar asosida qabul qilina boshlandi

https://www.youtube.com/watch?v=92BHycFaMq4

Natija: boshqariladigan va barqaror biznes

BIto ERP joriy etilgach, Asia Techno Group Uzbekistan quyidagi natijalarga erishdi:

  • Ombor hisobi 100% nazorat ostida
  • Hisobot tayyorlash vaqti bir necha barobar qisqardi
  • Moliyaviy shaffoflik oshdi
  • Rahbariyat biznesni real vaqt rejimida boshqara boshladi
  • Kompaniya keyingi o‘sish uchun tayyor infratuzilmaga ega bo‘ldi
bito barqaror ERP tizimi
Startup Base
Startup Garage
Spot.uz
Uzdaily
Daryo.uz
The Times of Central Asia

BITO ERP orqali 2500 + mijozlar biznesini avtomatlashtirib, daromadini oshirishdi

Biz allaqachon qo’shni Qozog’iston, Tojikiston davlatlarida faoliyatni yo’lga qo’yib, biznesni avtomatlashtirishga yordam berib kelmoqdamiz

Bito ERP ni hoziroq sinab ko’ring

12 oylik obuna oling + 3 oy bonus

Bito uchun 12 oylik obuna oling va 3 oylik obuna sizga bonus sifatida qo’shib beriladi

Bonusni olish

Bepul konsultatsiyaga yozilish

Pastdagi formani to'ldiring va biz sizga aloqaga chiqamiz