Ko'p so'raladigan savollar

CRM, ERP, biznesni avtomatlashtirish, sotuvlarni tizimlashtirish, mijozlar bazasi, ombor hisobi bo'yicha ko'p so'raluvchi savollarga javoblar

ERP tizimi kimlar uchun kerak?

ERP tizimi biznesi o'sib borayotgan, ombor, savdo, moliya va xodimlar hisobini qo'lda yoki Excel orqali yuritayotgan kompaniyalar uchun zarur. Ayniqsa bir nechta bo'lim yoki filial mavjud bo'lsa, ERP muqobil emas.

CRM va ERP o'rtasidagi asosiy farq nimada?

CRM asosan mijozlar va savdo jarayonlarini boshqaradi. ERP esa savdo bilan birga ombor, moliya, xodimlar va ichki jarayonlarni yagona tizimda boshqaradi. Bito'da CRM va ERP birgalikda ishlaydi.

Bito ERP kichik biznes uchun ham mosmi?

Ha. Bito ERP modulli tuzilgan bo'lib, kichik biznes faqat kerakli funksiyalarni ishga tushirib, keyinchalik tizimni kengaytirishi mumkin.

Excel o'rniga ERP joriy etish qachon kerak bo'ladi?

Agar Excel'da xatolar ko'paygan bo'lsa, hisobotlar kechikayotgan bo'lsa va rahbariyat real vaqt nazoratini yo'qotgan bo'lsa ERP'ga o'tish vaqti kelgan bo'ladi.

Ombor hisobi ERP bilan osonlashadimi?

ERP'da barcha kirim-chiqimlar avtomatik qayd etiladi, real qoldiq har doim ko'rinib turadi va inson omiliga bog'liq xatolar deyarli yo'qoladi.

Sotuvlarni tizimlashtirish nima degani?

Bu har bir sotuvni qayd etish, savdo kanallarini nazorat qilish, menejerlar faoliyatini baholash va savdo bo'yicha aniq hisobotlarga ega bo'lishni anglatadi.

Mijozlar bazasi ERP'da qanday saqlanadi?

Barcha mijoz ma’lumotlari yagona bazada saqlanadi. Muloqotlar tarixi, sotuvlar va kelishuvlar yo'qolmaydi va xodim almashsa ham baza saqlanib qoladi.

Bito ERP'ni joriy etish qancha vaqt oladi?

Bu kompaniya hajmiga bog'liq. Keling bu haqida batafsil gaplashamiz: +998 55 511 37 00

ERP joriy etish qimmat emasmi?

ERP xarajat emas, investitsiya hisoblanadi. Bito ERP noto‘g‘ri hisob-kitob, yo‘qotishlar va vaqt isrofini kamaytirib, qisqa muddatda o‘zini oqlaydi. Masalan, Bito ERP tariflari oyiga 290 ming so'mdan boshlanadi.

BITO ERP orqali 2500 + mijozlar biznesini avtomatlashtirib, daromadini oshirishdi

Biz allaqachon qo’shni Qozog’iston, Tojikiston davlatlarida faoliyatni yo’lga qo’yib, biznesni avtomatlashtirishga yordam berib kelmoqdamiz

Bito ERP ni hoziroq sinab ko’ring

12 oylik obuna oling + 3 oy bonus

Bito uchun 12 oylik obuna oling va 3 oylik obuna sizga bonus sifatida qo’shib beriladi

Bonusni olish

Bepul konsultatsiyaga yozilish

Pastdagi formani to'ldiring va biz sizga aloqaga chiqamiz