Biznesingiz rivoji NPS koʻrsatkichi bilan bogʻliq NPS bu – isteʼmolchilarning sodiqlik indeksi boʻlib, ularning kompaniyangizga bo'lgan…
Biznesingiz rivoji NPS koʻrsatkichi bilan bogʻliq NPS bu – isteʼmolchilarning sodiqlik indeksi boʻlib, ularning kompaniyangizga bo'lgan munosabatini aniqlaydi. Boshqacha aytganda, NPS biznesning rivojlanish istiqbolini koʻrsatadi. 🤝 Sodiq mijozlar bizga nima uchun kerak? – isteʼmolchini mijozga aylantirish, mavjudni saqlab qolishdan 5-25 baravar qimmatroq; – sodiq mijozlaringiz qolganlarga nisbatan 4 marta ko‘proq takroriy xaridlar qilishadi; – mijozlaringiz sizni tark etishini 5 % ga kamaytirish, daromadni 25-95 % ga oshiradi. ❓ NPS koʻrsatkichini qanday hisoblash mumkin? 1. Isteʼmolchilardan soʻrovnoma toʻldirishlarini soʻrang: “0 dan 10 gacha bo'lgan shkalada bizni tanishlaringizga tavsiya qilish ehtimolingizni belgilang” 2. Segmentlardan isteʼmolchilar foizini hisoblang: 9-10 ball – qoʻllab quvvatlovchilar; 7-8 ball – neytral; 0-6 ball – tanqidchilar. 3. Formula yordamida NPS'ni hisoblang: NPS = “qo‘llab quvvatlovchilar foizi” – “tanqidchilar foizi” Agar sizda 0 dan katta raqam hosil boʻlsa, demak natija ijobiy hisoblanadi. 😉 Postni foydali deb hisoblasangiz, albatta doʻstlaringizga ham ulashing.
Asl nusxani koʻrish · Instagram
















