Bito ekotizimi Zo‘rTV telekanalidagi “Taqdimot” shouda ishtirok etdi. Ushbu dasturda investorlar…
Bito ekotizimi Zo‘rTV telekanalidagi “Taqdimot” shouda ishtirok etdi. Ushbu dasturda investorlar va ekspertlar oldida startaplar o‘z g‘oyalarini taqdim etadi hamda real investitsiya olish uchun chiqish qiladi. Taqdimot davomida Bito ekotizimi asoschisi Uchqun Tulavov platformaning g‘oyasi, yechayotgan muammolari va kelajak rejalari haqida gapirib o’tdi. Bu Bito uchun nafaqat efirga chiqish, balki ekotizimni keng auditoriya va investorlar oldida ochiq namoyish qilish imkoniyati bo‘ldi. Bugun Bito $10 millonda baholanyapti. Shu sababli 2025-yil oxirida xalqaro venchur fondidan investitsiya jalb qilishga erishdik. Bu Bito Ekotiziming rivojlanish yo’lidagi navbatdagi muhim qadam. Chunki bugun biz shunchaki dastur emas, balki bizneslar uchun yagona raqamli infratuzilma qurmoqdamiz. O’zbek bizneslari uchun milliy standart yaratish harakatidamiz. Har bir shunday chiqish Bito ekotizimini yanada keng ommaga tanitadi va keyingi bosqichlarga yaqinlashtiradi. Bito - raqamli ekotizim
Asl nusxani koʻrish · Instagram















