Biznesni avtomatlashtirish, tizimlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan asosiy atamalar
Zamonaviy biznes jarayonlarida, yoki ERP va CRM kabi yechimlar bilan ishlashda ko‘plab atamalari qo‘llaniladi. Siz uchun ko'p ishlatiladigan atamalarning bir joyga yig'ib, ularga sodda va tushunarli uslubda izohlar yozdik
1. ERP (Enterprise Resource Planning)
Kompaniyaning barcha asosiy resurslari: moliya, ombor, kadrlar bilan ishlash (HR), savdo va ishlab chiqarishni yagona tizimda boshqarishga mo‘ljallangan platforma.
Bito - Barqaror ERP tizimi
Bito - Barqaror ERP tizimi
2. CRM (Customer Relationship Management)
Mijozlar bilan ishlash jarayonlarini boshqarish tizimi bo‘lib, savdo, marketing va qo‘llab-quvvatlash faoliyatini tartibga soladi.
3. Biznes jarayonlarni avtomatlashtirish
Qo‘lda bajariladigan takroriy ishlarni dasturiy yechimlar orqali avtomatik bajarishga o‘tkazish jarayoni.
4. Biznesni tizimlashtirish
Biznes jarayonlarini aniq qoidalar, ketma-ketlik va nazorat mexanizmlari asosida tartibga solish.
5. Modul
ERP yoki CRM tizimida ma’lum bir vazifani bajaruvchi mustaqil funksional bo‘lim (masalan, moliya moduli, ombor moduli va hokazo).
6. Integratsiya
ERP tizimining boshqa dasturlar (bank tizimi, 1C, sayt yoki mobil ilova) bilan bog‘lanib ishlashi.
7. Dashboard (deshbord)
Asosiy ko‘rsatkichlar va hisobotlar real vaqt rejimida vizual holatda ko'rinib turadigan panel.
8. KPI (Key Performance Indicator)
Xodim, bo‘lim yoki butun kompaniya samaradorligini baholash uchun ishlatiladigan asosiy ko‘rsatkichlar.
9. Workflow
Biznes jarayonlarining ketma-ket bosqichlari va ularning avtomatik bajarilish mantiqi.
10. Hisobot (Reporting)
ERP tizimi orqali avtomatik shakllantiriladigan moliyaviy, savdo yoki operatsion tahliliy ma’lumotlar.
11. Ombor boshqaruvi (Inventory Management yoki Warehouse management)
Mahsulot qoldig‘i, kirim-chiqim va ombor harakatlarini nazorat qilish jarayoni.
12. Rollar va ruxsatlar (dostuplar)
Foydalanuvchilarning tizimdagi huquqlarini ya'ni qila oladigan ishlarini belgilash mexanizmi bo‘lib, bu kompaniyada xavfsizlikni ta’minlaydi.
13. Ma’lumotlar bazasi
ERP tizimida barcha biznes ma’lumotlari saqlanadigan markaziy struktura.
14. Analitika
Yig‘ilgan ma’lumotlar asosida biznes holatini tahlil qilish va qarorlar qabul qilish jarayoni.
15. Bulutli ERP (Cloud ERP)
Internet orqali ishlaydigan, server va texnik infratuzilmani alohida boshqarishni talab qilmaydigan ERP yechimi.