ERP osonlashtiradi: Asia Techno Group biznes jarayonlarini qanday qilib Bito ERP orqali avtomatlashtirgani haqida
Maqolaning qisqacha xulosasi (summary): Maqolada Bito ERP orqali amalda Asia Techni Group biznes jarayonlarini qanday avtomatlashtirgani va hisobotlarni qulaylashtirgani haqida ma'lumotlar keltirilgan. Asia Techni Group kompaniyasini menejeri Behzod aka bu haqida o'zlari aytib berganlar. Undan tashqari ERP orqali omborni qanday nazoratga olganlari haqida ham bilib olishingiz mumkin.
Bito ERP amalda: CASE STUDY
Bito ERP yordamida ishlab chiqarish va savdoni to‘liq nazoratga olgan kompaniya Kompaniya: Asia Techno Group Uzbekistan Sohasi: Qurilish materiallari ishlab chiqarish uskunalari savdosi Yechim: Bito -barqaror ERP tizimi
Kompaniya haqida qisqacha: Asia Techno Group 2007-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan, beton zavodlari, g‘isht, shlakablok, gazablok, plita va bruschatka ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan uskunalarni yetkazib beruvchi kompaniya. Kompaniya nafaqat uskuna sotadi, balki mahsulotlariga kafolat ham beradi.
Asosiy mahsulotlar:
Beton aralashtirgichlar
G‘isht ishlab chiqarish uskunalari
Gazablok ishlab chiqarish liniyalari
Yengil ko‘pikli beton devor panellari
Beton zavodlari uchun sanoat uskunalari
Muammo: o‘sib borayotgan biznes va boshqaruvdagi chalkashlik
Faoliyat kengaygani sari Asia Techno Group Uzbekistan bir qator muammolariga duch keldi:
Omborda qancha uskuna borligi aniq ko‘rinmasdi
Ombor kirim-chiqimlari qo‘lda yoki Excel orqali yuritilardi
Oylik maoshlar hisobida xatolar ko‘paygan
Umumiy sotuvlar va moliyaviy hisobotlar
Rahbariyat real vaqt rejimida biznes holatini ko‘rishda qiynalishi
Bu holatlar qaror qabul qilishni sekinlashtirib, ichki nazoratni susaytirayotgan edi.
Qaror: Bito ERP’ni joriy etish
Muammolarni tizimli hal qilish uchun kompaniya Bito ERP platformasini tanladi. Maqsad barcha jarayonlarni yagona tizimga jamlash va real vaqt nazoratini yo‘lga qo‘yish.
Yechim: Bito ERP orqali to‘liq avtomatlashtirish
1. Omborxona hisobi to‘liq raqamlashtirildi
Omborxonadagi har bir uskuna kirimi-chiqimi ERP orqali boshqariladigan bo'ldi.
Ombordagi qoldiq mahsulotlar bir zumda ko‘rinadigan bo‘ldi
Inson omiliga bog‘liq xatolar kamaydi
2. Sotuvlar va moliyaviy nazorat
Har bir sotuv avtomatik tarzda tizimga tushdi
Kunlik, oylik va umumiy sotuvlar bo‘yicha aniq hisobotlar shakllandi
Qaysi mahsulot ko‘proq foyda keltirayotgani aniq ko‘rina boshladi
3. Oylik maoshlar va xodimlar hisobi
Xodimlar bo‘yicha ma’lumotlar markazlashdi
Maosh hisoblash jarayoni tizimli va shaffof bo‘ldi
Hisob-kitobdagi xatolar bartaraf etildi
4. Rahbariyat uchun dashboard
Asosiy ko‘rsatkichlar bitta ekranda
Qarorlar fakt va raqamlar asosida qabul qilina boshlandi
Natija: boshqariladigan va barqaror biznes
BIto ERP joriy etilgach, Asia Techno Group Uzbekistan quyidagi natijalarga erishdi:
Ombor hisobi 100% nazorat ostida
Hisobot tayyorlash vaqti bir necha barobar qisqardi
Moliyaviy shaffoflik oshdi
Rahbariyat biznesni real vaqt rejimida boshqara boshladi
Kompaniya keyingi o‘sish uchun tayyor infratuzilmaga ega bo‘ldi